Sport | 10:31 / 24.04.2016
1816
1 daqiqa o‘qiladi

Suares Ispaniya chempionatida ketma-ket ikki o‘yinda pokerga erishgan ilk futbolchi bo‘ldi

“Barselona” jamoasi hujumchisi Luis Suares Ispaniya chempionati 35-tur doirasida o‘tkazilgan “Sporting” bilan kechgan o‘yinda (6:0) poker qayd etdi.

Bu gollar urugvaylik hujumchining kataloniyaliklar safidagi 50,51,52,53-gollari bo‘ldi.

Ayni damda u Ispaniya chempionatida to‘purarlik bo‘yicha “Real” jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronalduni (31 gol) ortda qoldiryapti (34 gol).