Sport | 17:07 / 25.04.2016
1904
1 daqiqa o‘qiladi

2016/17 yilgi mavsumdan Italiya chempionati hakamlari o‘yindan keyin majburiy intervyu berishadi

FIFA hakami Nikola Ritstsoli keyingi mavsumdan boshlab A seriya hakamlari o‘yindan keyin intervyu berishlari mumkinligini ta'kidlab o‘tdi.

«Keyingi mavsumdan boshlab test rejimida biz – hakamlar o‘yindan keyin intervyu berishimiz mumkin.

Ko‘ramiz, odamlar bizni eshitishga tayyor bo‘lisharmikan. Umuman olganda ba'zi o‘yinlardan keyin muxlislari, OAV va klubning katta bosimi ostida qolib ketganida bu qiyin ish bo‘lsada», – deya Ritstsolining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Radio 1 Rai.