Jahon | 20:06 / 25.04.2016
1540
1 daqiqa o‘qiladi
AFP: Burundida sodir bo‘lgan YTH natijasida kamida 13 nafar litsey o‘quvchisi halok bo‘ldi
Burundi sharqida yuz bergan jiddiy YTH natijasida kamida 13 nafar o‘rmonchi halok bo‘ldi. Bu haqda AFP agentligi mahalliy hukumat ma'lumotga asoslanib, xabar bermoqda.
"Litseyning 130 nafardan iborat xor jamoasi Rutana provinsiyasidan tunda qaytishayotgan bo‘lgan. Ular ketayotgan avtomobil ag‘darilib ketgan”, — deb agentlikka xabar bergan shahar boshlig‘i Musongati Revokat Nibigira.
AFP ma'lumotiga ko‘ra, YTH natijasida halok bo‘lganlar orasida yetti nafar katta yoshdagi o‘smir ham bor. 100 nafarga yaqin kishi turli darajada tan jarohati olgan.