Sport | 11:22 / 25.04.2016
1213
1 daqiqa o‘qiladi

Allegri: «Keyingi yilda biz YeChL g‘olibligini maqsad qilamiz. Faqat A seriya haqida o‘ylash ahmoqlik bo‘lardi»

Italiyaning «Yuventus» klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri Italiya A seriyasining «Fiorentina»ga qarshi uchrashuvdagi g‘alabasi (2:1) borasida fikr bildirib o‘tdi.

«25ta uchrashuvning 24tasida g‘alaba qozonish iloji yo‘qdek natija edi. Murabbiylik faoliyatimni boshlagan paytimda bunday natijaga erisha olishimga ishonardim.

Mendan tez-tez «klub odami» sifatida savol berishadi. Hamma murabbiy tomonida bo‘lib tursa, bu natijalarning ijobiy bo‘lishiga yordam bermaydimi? Agar sen klub bilan g‘oyalaringni o‘rtoqlashmas ekansan, o‘z fikringni aytishing va ketishing lozim. Sizni ishontirib aytamanki, keyingi haftada yangi shartnoma imzolayman!

Kelgusi mavsumda chempionlar Ligasida g‘alaba qozonishni maqsad qilishimiz kerak. Faqat A seriyada g‘alaba qozonish haqida o‘ylash ahmoqlik bo‘ladi», – dedi Allegri.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish