Buxoroda 2016 yilning 1-choragida voyaga yetmagan 11 qizning erta turmushga chiqishi oldi olindi
Buxoro viloyat prokurorining matbuot xizmati bo‘yicha katta yordamchisi Dilnoza Qandahorovaning “Huquq” gazetasida ma'lum qilishicha, Buxoro viloyat prokuraturasi tomonidan “Sog‘lom ona va bola” yili Davlat dasturi doirasida Qorako‘l pedagogika va sport kolleji, Qorako‘l maishiy xizmat kasb-hunar kolleji, Qorako‘l tibbiyot kolleji, Olot tuman qishloq xo‘jalik kasb-hunar kollejida targ‘ibot tadbirlari tashkil etildi.
Tadbirda viloyat Xotin-qizlar qo‘mitasi, “Kamolot” YoIH, viloyat reproduktiv salomatlik markazi mutaxassislari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Tadbir yakunida ishtirokchilarga viloyat reproduktiv salomatlik markazi bilan hamkorlikda erta turmushnnig salbiy oqibatlari aks ettirilgan 750dan ortiq buklet tarqatildi.
Shu kabi tadbirlar Buxoro soliq kolleji, Buxoro tibbiyot kollejida ham tashkil etildi.
Erta turmushga berish holatlarining oldini olish borasida olib borilgan tadbirlar natijasida joriy yilning 1-choragida 11 nafar voyaga yetmagan qizning erta turmushga chiqishining oldi olindi va o‘qishga jalb etilishi ta'minlandi.