10:56 / 25.04.2016
1587

Eden Azar: «Chelsi» futbolchilari va muxlislari «Tottenhem»ning chempion bo‘lishini istamaydi»

Londonning «Chelsi» klubi yarimhimoyachisi Eden Azar «Bornmut» ustidan qozonilgan g‘alaba (4:1) borasida o‘z fikrlarini bildira turib, «Tottenhem» klubining chempionlik uchun kurashdagi imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi.

«O‘tgan oyda juda qattiq mehnat qildim. Gol mualliflari ro‘yxatida yana ismim paydo bo‘lganidan xursandman. Bu klub uchun ham, men uchun ham yaxshi holat.

Biz – «Chelsi» muxlislari va futbolchilari – «Tottenhem» chempion bo‘lishini istamaymiz. «Lester» chempion bo‘lishiga umid qilamiz. Ular chempionlikka munosib. Ammo futbolda hech qachon biror natijani taxmin qilib bilib bo‘lmaydi. Ko‘ramiz.

Keyingi haftada «Chelsi»ni «Tottenhem»ga qarshi muhim uchrashuv kutib turibdi. Agar raqibni mag‘lubiyatga uchratsak, bu juda yaxshi ish bo‘lardi», – deya klub rasmiy saytiga intervyu bergan belgiyalik futbolchi.

Top