Fizik olimlar eng xavfsiz pul turini aniqlashdi
Fizik olimlar ilk marta optik kvant pullari prototipi imkoniyatlarini sinab ko‘rdi va ular eng xavsiz valyuta turlaridan biri ekaniga ishonch hosil qildi. Bu haqda RIA Novosti xabar bergan.
Hozirda kvant pullari faqat laboratoriya sharoitida modellashtiriladi va muomalaga chiqarilmaydi. Ularning qalbaki pullardan himoya tizimi kvant kriptografiyasi tamoyillariga asoslangan. An'anaviy pullardan farqli ravishda unda qabul qilish va uzatishda jismoniy vositalar qo‘llanadi, masalan elektron va foton yordamida.
Fizik olimlar model kupyurani yaratib, uni alohida fotonlar polyarizatsiyasi bilan kodlashdi. Tadqiqot davomida kvant holatlari o‘zgarishi orqali kodlash –egasidan bexabar holda kupyurani ko‘chirishga yo‘l qo‘ymaydi.
Kvant pullari to‘g‘risidagi g‘oyani ilk bor 1970 yilda Kolumbiya universiteti aspiranti Stiven Vizner ilgari surgan. U, shuningdek, ma'lumotlarni kodlash uchun alohida polyariz fotonlaridan foydalanishni taklif etgan. Rejaga ko‘ra, har bir kvant banknotasi alohida seriya raqami bilan belgilanishi lozim bo‘lgan. Ushbu raqamda polyariz foton filtrining holati to‘g‘risida ma'lumot saqlanadi. Noto‘g‘ri filtr qo‘llangan vaziyatlarda fotonlar kombinatsiyasi o‘chib ketishi kerak.