Jahon | 17:21 / 25.04.2016
1760
2 daqiqa o‘qiladi

"Gazprom" 2016 yilda gaz qazib olishni 8 foizga oshirishni rejalashtirmoqda

"Gazprom" kompaniyasining 2016 yilda gaz qazib olish bo‘yicha tasdiqlangan rejasi 452,45 mlrd kub/metrni tashkil etadi. Bu esa o‘tgan yilgi ko‘rsatkichdan 8 foizga ko‘p demakdir. Bu haqda "Gazprom" jurnaliga "Gazprom" OAJ boshqaruvi raisi o‘rinbosari Vitaliy Markelov ma'lum qildi.

"2016 yilgi reja bo‘yicha, 452,45 mlrd kub/m gaz, 15,6 mln tonna gazkondensati va 38,9 mln tonna neft qazib olinadi". 2015 yilda esa 485,36 mlrd kub/metr gaz qazib olish rejalashtirilgan, ammo talab tushib ketgani tufayli bu raqamga tuzatishlar kiritilib, 414,1 mlrd kub/metrga o‘zgartirilgan edi. Yil yakunlariga ko‘ra, 418,5 mlrd kub/m gaz, shu jumladan, 8,4 mlrd kub/m neft gazi qazib olingan.

Uning qo‘shimcha qilishicha, Yamal okrugi Rossiyaning strategik neftgaz mintaqasi hisoblanadi. 2030 yilga kelib, bu yerda yiliga 360 mlrd kub/metr gaz qazib olinishi mumkin. Yamal gazini tashish maqsadida Rossiyada o‘xshashi yo‘q gaztransport tizimi barpo etilmoqda. U Yamal yarimorolini RF markaziy tumanlari bilan bog‘laydi. Yamal gazi Yamal - Uxta - Gryazovets - Torjok; Gryazovets - Yaroslavl; Uxta - Pochinki yo‘nalishlari bo‘ylab mijozlarga yetkaziladi.