Fan-texnika | 19:43 / 25.04.2016
2733
2 daqiqa o‘qiladi

Hyundai yangi "Solyaris"ning prototipini ko‘rsatdi

Hyundai kompaniyasi Pekin avtosaloniga Verna Concept kontseptual sedanini olib keldi. Yangi mashina shu nomdagi keyingi avlod modeli ko‘rinishi haqida tasavvur beradi. Rossiyada "Verna" Solaris nomi bilan sotiladi, boshqa ba'zi bozorlarda Accent deb nomlanadi.

To‘rt eshikli mashina trapetsiyasimon radiator panjara, ingichka bosh yorug‘lik farasi va yorug‘lik-diodli orqa chiroqlar oldi. Bundan tashqari, prototip hozirgi modeldan o‘zgacha eshiklar va modernizatsiyalangan orqa stoyka bilan farqlanadi.

Kontsept-karning texnik tafsilotlari hozircha berilmagan. Hyundai Verna’ning seriyali versiyasi Janubiy Koreya va Xitoyda 2016 yilning 2-yarmidan, qolgan bozorlarda esa 2017 yilning boshidan boshlab sotila boshlanadi.

Rossiyada hozirgi Hyundai Solaris 1,4 litrli 107 ot kuchiga ega va 1,6 litrli 123 ot kuchiga ega motorlar bilan taklif qilinadi. Birinchi dvigatel 5 pog‘onali "mexanik" yoki 4 diapazonli avtomat uzatmalar qutisi, ikkinchi dvigatel esa 6 pog‘onali mexanik yoki avtomatik uzatmalar qutisi bilan juftlikda ishlaydi.