O‘zbekiston | 11:55 / 25.04.2016
16584
2 daqiqa o‘qiladi

Jizzax va Surxondaryo viloyatlarida IIB boshlig‘i o‘rinbosarlari o‘zgardi

O‘zbekiston Ichki ishlar vaziri buyrug‘iga asosan polkovnik Azamat Shodiyevich O‘roqov — Respublika IIV Huquqbuzarliklarning oldini olish bosh boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari etib tayinlandi. Bu haqda IIVning «Na postu» nashrida ma'lum qilingan.

Shuningdek, Surxondaryo viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari — JQ va TQKB boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik Shuhrat Husanovich Bo‘ronov, Jizzax viloyati IIB boshlig‘ining birinchi o‘rinbosari lavozimiga podpolkovnik Jo‘rabek Mamirovich Xojanov, Navoiy viloyati IIB boshlig‘ining o‘rinbosari — Zarafshon shahar IIB boshlig‘i lavozimiga podpolkovnik O‘tkir Karimovich Badalov tayinlangan.

Xabarda qo‘shimcha qilinishicha, podpolkovnik Shuhrat Bahodirovich Parpiyev — Andijon viloyati IIB huzuridagi Qo‘riqlash boshqarmasi boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Shohruh Mahmudovich Alimov — Andijon viloyati Andijon tumani IIB boshlig‘i lavozimiga, podpolkovnik Sodiq Hakimmirzayevich Usmonov — Andijon viloyati Asaka tumani IIB boshlig‘i lavozimiga tayinlangan.