Jahon | 11:03 / 25.04.2016
1252
1 daqiqa o‘qiladi

Keysik va Kruz Trampga qarshi birlashadi

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentliga da'vogar Ted Kruz va Jon Keysik respublikachilar orasida yaqqol yetakchilik qilayotgan Donald Trampga qarshi hamkorlik qilishga kelishib olgan. Bu haqda The Hill xabar berdi.

Hamkorlik strategiyasiga ko‘ra, ular qolgan praymerizlarda shtatlarni o‘zaro bo‘lishib olishadi. Kruz Indianaga diqqatini qaratsa, Keysik Oregon va Nyu-Mexikoda astoydil harakat qiladi.

Ushbu urinishlar Donald Trampni avtomatik ravishda Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod bo‘lishiga zamin yaratuvchi partiya s'yezdi delegatlarining 1237ta ovozini olmasligi uchun amalga oshiriladi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish