07:40 / 25.04.2016
1641

Mahrez APL mavsumining eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi

«Lester»ning jazoirlik yarim himoyachisi Riyoz Mahrez APL mavsumining eng yaxshi futbolchisi uchun sovrinni qabul qilib oldi.

Unga mukofot Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi tomonidan topshirilgan. G‘olibni aniqlash uchun jamoalarning murabbiylari hamda futbolchilari tomonidan ovoz berilgan.

Endilikda Mahrez bunday mukofotga sazovor bo‘lgan ilk afrikalik futtbolchiga aylandi.

Ma'lumot uchun, 25 yoshli bu futbolchi joriy mavsumda jamoasi bilan APLning 34 o‘yinida maydonga tushib, 17ta gol urdi va 4 marta golli uzatmani amalga oshirdi.

Top