Sport | 16:28 / 25.04.2016
1813
1 daqiqa o‘qiladi

«Milan» sobiq himoyachisi: «YeChL finalida «Real» va «Bavariya» to‘qnashuvini ko‘rishni istayman»

Italiyaning «Milan» va Italiya terma jamoasi sobiq himoyachisi Franko Barezi Yevropa chempionlar ligasi finalida «Real» va «Bavariya» jamoalari o‘zaro to‘qnash kelishini istashini bildirib o‘tdi.

«Finalda «Real» va «Bavariya» o‘zaro duch kelishini istagan bo‘lardim. Ularni nafaqat o‘z juftliklari favoriti sifatida ko‘ryapman, balki bu ikki jamoa nisbatan chiroyliroq futbol namoyish etishadi», — deya ta'kidlagan Barezi.