Jamiyat | 14:28 / 25.04.2016
1852
1 daqiqa o‘qiladi

Obama Londonga safari vaqtida Rouling xonim bilan kechki ovqatni birga qildi

AQSh prezidenti Barak Obama Londonga safari davomida angliyalik taniqli yozuvchi ayol Joan Rouling bilan kechki ovqatni birga o‘tkazgan. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar tarqatgan.

Matbuot uchun yopiq holda o‘tgan kechki ovqat 23 aprel kuni AQShning Londondagi elchixonasi hududida bo‘lib o‘tgan. 24 aprel kuni yozuvchining matbuot kotibi uning amerikaliklar mehmoni bo‘lganini tasdiqlagan.

Bundan tashqari, kechki ovqatda Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron ham bo‘lgan.

Rouling xonim va Obama avval ham uchrashishgandi. Ularning ilk uchrashuvi 2009 yilda sodir bo‘lgan. 2010 yilda esa yozuvchi Pasxa bayrami vaqtida Oq uyga tashrif buyurgandi.