Sport | 20:00 / 25.04.2016
2308
1 daqiqa o‘qiladi
O‘zbekistonlik tennischi Sanjar Fayziyev xalqaro turnirda g‘olib bo‘ldi
O‘zbekistonlik Sanjar Fayziyev Xalqaro tennis federatsiyasi (ITF) tomonidan Qozog‘istonda tashkil etilgan xalqaro turnirning juftlik bahslarida belaruslik Andrey Vasilevskiy bilan muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Bu haqda “O‘zA” xabar bermoqda.
Sanjar va Andrey turnirning birinchi davrasida mezbon tennischilar Sagadat Ayap va Bo‘lat Mamir, chorak finalda Janubiy Koreya vakillari Xyun-Vu Nam va Jaye-Min Seol, yarim finalda belaruslik Maksim Dubarenko va serbiyalik Miki Yankovichni mag‘lubiyatga uchratdi.
Musobaqa finalida S.Fayziyev va A.Vasilevskiy rossiyalik Markos Kalovelonis va gruziyalik Aleksandr Metreveliga qarshi kortga chiqib, 6:2, 6:4 hisobida g‘alaba qozondi va bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.