Sport | 10:26 / 25.04.2016
1628
2 daqiqa o‘qiladi

«PSJ», «Manchester Siti» va «Real» «MYu» sotib olmoqchi bo‘layotgan futbolchi uchun kurashga qo‘shildi

Portugaliyaning «Benfika» klubi yarimhimoyachisi Renatu Sansheshga Yevropa transfer bozorida qiziqish katta bo‘lib turibdi.

The Sunday Times nashri bergan xabarga ko‘ra, «Manchester Yunayted»dan keyin 18 yoshli portugaliyalik futbolchiga Fransiyaning «PSJ», Angliyaning «Manchester Siti» va Ispaniyaning «Real» klubi qiziqish bildirmoqda.

«MYu» Sanshesh uchun 35 million funt (45 million yevro) berishga tayyorligini bildirgan, biroq lissabonliklar uning uchun 47 million funt (60 million yevro) talab qilgandi.

Keyinroq «Benfika» futbolchining narxini tushirib, 39 million funt (50 million yevro) va qo‘shimcha bonuslar evaziga sotishga rozilik bergandi.

Muzokaralar to‘xtab qolgach, «PSJ», «Manchester Siti» va «Real» jamoalari ham ushbu futbolchi uchun kurashga qo‘shildi. Sanshesh mamlakat chempionatining 22 uchrashuvida 2 gol urgan va 1 golli uzatma amalga oshirgan.