Jahon | 11:26 / 25.04.2016
1616
1 daqiqa o‘qiladi

So‘rovnoma: Tramp va Klinton raqiblaridan mashhurroq ekani ma'lum bo‘ldi

Marist Institute for Public Opinion sotsiologik xizmati o‘tkazgan so‘rovnoma yakunlariga ko‘ra, AQSh prezidentligi uchun nomzodlar, Respublikachilar partiyasidan Donald Tramp va demokratlar vakili Hillari Klinton 26 aprel kuni birdaniga 5 shtatda bo‘lib o‘tadigan praymeriz oldidan o‘z raqiblaridan ko‘ra mashhurroq ekani ma'lum bo‘ldi. Bu haqda The Wall Street Journal xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Tramp va Klinton mashhurlik borasida o‘z raqiblaridan 18 foiz va 15 foiz ustunlikka ega. Milliarderni 45 foiz respondentlar qo‘llab-quvvatlagan bo‘lsa, Texas shtatidan senator Ted Kruzga – 27 foiz, Ohayo shtati gubernatori Jon Keysikka – 24 foiz respondent xayrixohlik bildirgan. So‘rovnomada ishtirok etganlarning 55 foizi Klintonga ovoz berishga tayyor bo‘lsa, Vermont shtati senatori Berni Sandersni 40 foiz odam qo‘llab-quvvatlashini ma'lum qilgan.