Jahon | 12:41 / 25.04.2016
1648
1 daqiqa o‘qiladi
Tojikiston janubida 5 magnitudali zilzila qayd etildi
Tojikiston janubida, Afg‘oniston bilan chegaraga yaqin hududdagi Tog‘li Badaxshonda 5 balli zilzila qayd etildi. Bu haqda AQSh Geologik xizmati xabar tarqatgan.
Qayd etilishicha, Toshkent vaqti bilan soat 02:43da markazi Ishkashim qishlog‘idan 26 km shimoli-g‘arbda bo‘lgan zilzila qayd etilgan. Uning o‘chog‘i 113 km chuqurlikda bo‘lgan.
Zilzila talofatlari haqida ma'lumot yo‘q.