12:09 / 25.04.2016
1537

Van Gaal: Vaziyat og‘ir, axir men o‘z talablarimga mahorati mos tushmaydigan futbolchilar bilan ishlashimga to‘g‘ri kelmoqda

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi bosh murabbiyi Lui Van Gaal jamoaga yetishmayotgan bo‘g‘inlar borasida o‘zining fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Men transferlar oynasi vaqtida bir necha marotaba tezkor, yaratuvchanlik qobiliyati yuqori bo‘lgan futbolchilar kerak ekanini ta'kidlab kelganman.

Vaziyat og‘ir, axir men o‘z talablarimga mahorati mos tushmaydigan futbolchilar bilan ishlashimga to‘g‘ri kelmoqda.

Biz hamon 4-o‘rin uchun kurashni davom ettirmoqdamiz. Bundan tashqari, Angliya Kubogi finaliga yo‘llanma oldik», — deya gapirib o‘tgan van Gaal.

Top