Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
WSJ: Yaqin Sharq neft arzonlashishi tufayli yana 150 mlrd dollar yo‘qotadi
Xalqaro valyuta fondi ma'lumotlariga ko‘ra, Yaqin Sharq mintaqasidagi davlatlar 2016 yilda neft narxlari pasayishi tufayli 150 mlrd dollar miqdorida mablag‘ yo‘qotishi kutilmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal xabar tarqatgan.
2015 yilda Yaqin Sharqdagi mamlakatlarning neft narxi arzonlashishi tufayli mahsulot eksporti tufayli ko‘rgan zarari miqdori jami 390 mlrd dollar bo‘lgandi va bu Saudiya Arabistoni hamda Kuvayt kabi mamlakatlar iqtisodiga sezilarli darajada ta'sir ko‘rsatgandi. XVF prognoziga ko‘ra, bu yil davomida jami zarar miqdori 150 mln dollarga teng bo‘ladi.
XVF taxminiga ko‘ra, bu mintaqa davlatlaridagi iqtisodiy o‘sish sekinlashishi davom etadi va hukumatlar xarajatlarni qisqartirib boradi. Tahlilchilarning baholashicha, bu mamlakatlar moliya sohasidagi barqarorlikka erishishi uchun yana 4-5 yil talab etiladi.