Sport | 10:44 / 25.04.2016
2291
2 daqiqa o‘qiladi

Xuan Mata zamonaviy futboldagi juda katta maoshlardan va futbolchilarning hayot tarzidan nolidi

Angliyaning «Manchester Yunayted» klubi yarimhimoyachisi Xuan Mata zamonaviy futbol haqida o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.

«Yunayted» o‘yinlariga kirish chiptasi narxi 40 funtni tashkil qiladi. Bu arzon emas. Odamlar zamonaviy futbolga qarshi ekanliklarini aytishsa, ularni yaxshi tushunaman. Futbol biznesi klub xo‘jayinlari uchun muxlislardan ko‘ra muhimroqdek ko‘rinish bera boshladi. Aslida hammasi bunday emasdi. Tarixdagi futbolda matbuot bunchalik ko‘p emasdi va ularning hammasi bir parcha bo‘lakka ilinib qolishga intilmasdi.

Futbolda juda yaxshi maosh to‘lashadi. Biz shishirilgan pufaklar ichida yashaymiz. Biz aqlbovar qilmas darajada ko‘p maosh olamiz. Jahon futbolchilari bilan solishtirganda o‘rtacha maosh olaman. Ammo oyligim Ispaniya va boshqa dunyo mamlakatlarining 99,9 foiz aholisi bilan solishtirganda kamtarin bo‘lmagan darajada.

Biz o‘z sheriklarimiz bilan oylik maoshlarimizni taqqoslaymiz. Men sovun pufagi ichida yashayman. Do‘stim esa haqiqiy real hayotda yashaydi. U ish topishi, pul ishlashi kerak. Bu normal hayot. Mening futbolchi sifatida hayotim esa – normalarga to‘g‘ri kelmaydi.

Menga futbolning biznesga aylanishi yoqmaydi. Men bu sport turini yaxshi ko‘raman. Mashg‘ulotlar o‘tkazishni va musobaqalashishni yoqtiraman. Agar futbol biznes g‘oyalaridan chiqib ketsa oyligimning qisqartirilishiga ham jon deb rozi bo‘lardim», – deya Mataning so‘zlaridan iqtibos keltiradi As nashri.