Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
A Seriya, 35-tur. «Verona» «Milan»ni yengsada, «Karpi»ning g‘alabasi tufayli V Seriyaga sho‘ng‘idi
25 aprel oqshomida futbol bo‘yicha Italiya A Seriyasining 35-tur uchrashuvlari doirasida yana 3ta uchrashuv o‘tkazildi.
Shu kuni turnir jadvalida oxirgi pog‘onada joylashgan «Verona» jamoasining taqdiri hal bo‘ldi, jamoa kelasi mavsumni mamlakatning B Seriyasida o‘tkazadi.
«Verona» avvaliga o‘z uchrashuvini g‘alaba bilan yakunladi, «Milan»ga qarshi bahs yakunida gol urilib, (2:1)jamoaning umidi saqlanib qoldi.

Ammo, biroz keyinroq bo‘lib o‘tgan «Karpi» va «Empoli» bahsida mezbonlar 1:0 hisobida g‘alaba qozonib, 17-o‘rinda qoldi va veronaliklar jamoaga yeta olmasligi aniq bo‘ldi.

«Verona» 35-turdan keyin 25 ochko to‘pladi va chempionatni tark etgan birinchi jamoa bo‘ldi. «Karpi» esa 35 turdan keyin ochkolari sonini 35taga yetkazdi (17-o‘rin). «Empoli» esa ligada qolish masalasini ancha oldinroq hal qilgan (42 ochko, 11-o‘rin).
35-turdan keyin nafaqat quyi ligaga tushib ketgan ilk jamoa nomi, balki mamlakat chempioni ham aniqlandi. 25 aprel kungi o‘yinlarning birinchisida «Roma» «Napoli»ni 1:0 hisobida yengdi va «Yuventus»ning muddatidan oldin chempion bo‘lishini ta'minladi.
Endi qolgan 3 turda YeChL va Yevropa Ligasida keyingi mavsum qaysi jamoalar o‘ynashi hamda yana qaysi 2 jamoa B seriyaga ravona bo‘lishiga oydinlik kiritib olinadi.
«Milan» klubi kuchli to‘rtlikdan ancha ortda. «Verona»dan qabul qilib olingan mag‘lubiyatdan keyin jamoaning Yevropa Ligasida ishtirok etish imkoniyati ham xavf ostida qoldi. 35-turdan keyin milanliklar 53 ochko bilan A seriyaning oltinchi o‘rindagi jamoasi bo‘lib turibdi, 7-pog‘onadagi «Sassuolo» hisobida 52 ochko bor.
Oldindagi uch tur davomida 32 ochkoga ega «Palermo» hamda 30 ochkosi bor «Frozinone» klublarining natijalari A Seriyada qaysi jamoa qolishi masalasini hal qiladi.

Italiya A seriyasi
35-tur bellashuvlari
25 aprel, dushanba
«Verona» — «Milan» 2:1
Gollar: Jyeremi Menez, 21 (0:1). Jampaolo Patstsini, 72-pen (1:1). Luka Siligardi, 90+5 (2:1).
«Karpi» — «Empoli» 1:0
Gol: Kevin Lasanya, 85 (1:0).
Chetlatishlar: Levan Mchedlidze, 25 (E). Lorentso Lollo, 90 (K).
Italiya A Seriyasida 35-tur uchrashuvlari o‘tkazildi