Jahon | 11:37 / 26.04.2016
1605
2 daqiqa o‘qiladi

Akapulkoda zo‘ravonlik kayfiyatining kuchayishi tufayli 100ta maktab yopildi

Meksika g‘arbidagi Gerrero shtatining Akapulko shahrida navbatdagi zo‘ravonlik vaziyatining kuchayishi sababli deyarli har uchta maktabdan ikkitasi o‘z faoliyati vaqtincha to‘xtatdi. Bu haqda hudud gubernatori Ektor Astudiloga tayanib, TASS xabar berdi.

Gubernator fuqarolarni tinchlik saqlash odatiy turmush tarziga qaytishga chaqirdi. Dushanbaga o‘tar kechasi shaharda federal politsiya xodimlariga ketma-ket hujumlar uyushtirilgan, bitta tinchlik posboni yarador bo‘lgan, yana bitta jinoyatchi qo‘lga olingan.

"Men sizlardan odatiy hayot tarziga qaytishda ko‘mak berishingizni so‘rayman, bolalar yana maktabga qaytishlari lozim", deydi Astudilo.

"Agar jinoyatchilar har qanday qabihlikka tayyor bo‘lsa, hukumat ham ularni bartaraf etish uchun bor imkoniyatini ishga soladi", deya qo‘shimcha qilgan u.

Akapulko – Tinch okeani qirg‘oqlaridagi mashhur dam olish kurortiga hukumat so‘nggi oylarda bir necha bor federal politsiya va qurolli kuchlarning qo‘shimcha bo‘linmalarini yuborgan. Shunga qaramay, ular hali shaharda osudalik o‘rnatishga muvaffaq bo‘la olmadi.

2015 yil oxiriga ko‘ra, jamoat xavfsizligi va adliya Fuqarolik kengashi ekspertlari Akapulkoni Meksikaning eng xavfli shahri deb e'lon qilishdi. Qasddan sodir etilgan qotilliklar soni har 100 ming nafar aholi boshiga 104,7taga yetdi.

Ushbu yilda ham Akapulkoning xavfsizlik borasidagi ishlari yaxshilanmadi. Jamoat xavfsizligi vazirligi ma'lumotiga ko‘ra, 1 yanvardan boshlab hozirgi kunga qadar shaharda 331ta qasddan qotillik sodir etilgan.