Jamiyat | 18:48 / 26.04.2016
2003
1 daqiqa o‘qiladi

AQShda yanglishish tufayli 12 yashar qizcha boshqa musobaqaga tushib qoldi

AQShda o‘n ikki yashar qizcha yo‘ldan adashib ketib, Rochester shahrida o‘tkazilayotgan yarim marafonga tushib qoldi. Bu haqda Associated Press xabar bermoqda.

Li Adianes Rodriges 5 km. masofada o‘tkazilgan shahar musobaqasida qatnashishni niyat qildi. Qizcha musobaqa boshlanishiga kech qoldim, deb o‘yladi va startda jam bo‘lib turgan odamlar bilan yugurib ketdi.

Rodriges yarim yo‘lda tushunib yetdiki, bu u qatnashmoqchi bo‘lgan marafon emas ekan. Qizcha yarim marafonni 2 soatu 43 daqiqada yakunladi va o‘ylaganidan 16 kilometr ko‘p yugurdi.

Qizning onasi uni 5 km. li marafon finishida ko‘rmagach, tashvishga tushdi. Oradan biroz vaqt o‘tib, ona va qizcha ko‘rishishdi.