17:31 / 26.04.2016
7115

Buxoroda mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi

Buxoro viloyat Mehnat bosh boshqarmasi, Buxoro shahar hokimligi, Buxoro davlat universiteti hamda Buxoro shahar Bandlikka ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda 2016 yil 22 aprel kuni Buxoro davlat universtitetida mehnat yarmarkasi o‘tkazildi. Bu haqda Mehnat vazirligi axborot xizmati ma'lum qilmoqda.

Ushbu mehnat yarmarkasida Buxoro davlat universtitetining bakalavriat ta'lim yo‘nalishlari va magistiratura mutaxassisliklari bo‘yicha tamomlayotgan yosh mutaxassislar xozirgi kunda pedagogik kasbiga va o‘z ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha tamomlayotgan kasbiy talablarga to‘liq javob beradigan, zamonaviy axborot texnologiyalardan foydalanish malakasiga ega, ta'lim bozorida raqobatbardosh kadrlarni barqaror ish bilan ta'minlash asosiy maqsad qilib belgilandi.

Yarmarkada Buxoro shahridagi 77 ta ish beruvchi korxona va tashkilot o‘zlarining 555 ta bo‘sh ish o‘rni bilan ishtirok etdi. Ushbu yarmarkada 255 nafar oliy o‘quv bilim yurti, ishsiz fuqarolar va kollej bitiruvchilari qatnashdi. Shundan yoshlar 200 nafar, ayollar 18 nafarni tashkil etdi. Oliy o‘kuv bilim yurtlari, kasb-hunar muassasalari bitiruvchilari va boshqa toifadagi ishsizlardan 52 nafariga ishga joylashishlari uchun yo‘llanmalar berildi. Qolgan 203 nafar ishtirokchiga mehnat qonunchiligi, mehnat muhofazasi va boshqa o‘zlarini qiziqtirgan masalalar buyicha markaz mutaxassislari va tashkilotlar tomonidan maslahatlar berildi.

Top