Fan-texnika | 19:40 / 26.04.2016
2874
2 daqiqa o‘qiladi

Keng imkoniyatlarga ega eFoldi elektroskuteri namoyish etildi

eFoldi – bu oddiygina elektroskuter emas. Uning almashinuvchi dizayni kerakli vaqtda qurilmani qulay jamadon yoki kursiga aylantirishga yordam beradi. Bir tomondan oddiy skuterni turli ko‘rinishda ishlatishni nima keragi bor, deya o‘ylanib qolasiz. Biroq rolikni tomosha qilishingiz bilan nega bunday qurilma avvalroq yaratilmaganiga hayron qolishingiz aniq. Yana bir foydali jihat – USB-portlar mavjudligi tufayli skuter akkumulyatoridan gadjyetlarni quvvatlashda foydalanish mumkin.

eFoldi ramkasi mustahkam o‘rnatilgan bo‘lib, skuterda 100-150 kilogrammgacha bo‘lgan og‘ir yuklarni ko‘tarish muammo emas. Yangi qurilmaning og‘irligi 4 Ach va 24 V quvvatga ega AirSafe akkumulyatori bilan 19 kilogrammni tashkil etadi. AirSafe akkumulyatori orqali skuter 10 km/soatgacha tezlashib, 7 km. masofani bosib o‘ta oladi. Poygachilar uchun mo‘ljallangan skuterda esa 12 Ach va 24 V quvvatga ega FarReach batareyasi joylashgan.

Bunday holatda skuter 22 km.ga yaqin masofani bosib o‘tish imkoniga ega. Uning maksimal tezligi 22 km/soatni tashkil etadi. Og‘irligi 20 kg. Kickstarter’dagi loyiha doirasida qurilma narxi 699 yevroga baholanmoqda.