Jahon | 07:50 / 26.04.2016
1622
1 daqiqa o‘qiladi
Kerri Armaniston prezidenti bilan Tog‘li Qorabog‘ nizosini muhokama qildi
AQSh Davlat kotibi Jon Kerri va Armaniston prezidenti Serj Sargsyan o‘rtasida telefon muloqoti o‘tkazildi. Prezident saytida xabar qilinishicha, bu suhbat AQSh tomoni tashabbusi bilan uyushtirilgan.
Siyosatchilar o‘zaro suhbatda Tog‘li Qorabog‘ hududidagi vaziyatni muhokama qilishgan.
Kerrining qayd etishicha, AQSh bu muammoni tinchlik yo‘li bilan hal qilishni qo‘llab-quvvatlaydi.
Bundan oldinroq, BMT bosh kotibi Ozarbayjon prezidenti bilan suhbatda Qorabog‘ nizosini muhokama qilgani haqida xabar berilgandi.