Jahon | 17:19 / 26.04.2016
1800
1 daqiqa o‘qiladi
Lufthansa ish tashlashlar tufayli 27 aprelga belgilangan 900ga yaqin aviareysni bekor qildi
Germaniyaning Lufthansa aviakompaniyasi mamlakatdagi 6ta aeroportda ish tashlashlar o‘tkazilgani tufayli 895ta reysini bekor qilgan. Bu reyslarning barchasi 27 aprel kuniga belgilangan.
Aviatashuvchi kompaniyaning matbuot xizmati xabariga ko‘ra, ish tashlashlar jami 87 ming yo‘lovchining harakatiga ta'sir ko‘rsatadi. Ulardan 40 foizi oldindan rejalashtirilgan uchishlarga taalluqli edi.
Verdi kasaba-uyushmalari bundan oldinroq, Bremen, Frankfurt-Mayn, Myunxen, Dyusseldorf, Kyolna/Bonn va Hannover aeroportlarida ish tashlashlar uyushtirilishi haqida ogohlantirgandi. Bunga ish beruvchilar bilan tariflar bo‘yicha kelib chiqqan bahs sabab bo‘lgan.