Kuni keça Tokio şahrida çet el elçixonasi xodimlari va çet elliklar örtasida 19-marotaba ötkazilgan "Yapon tilida notiqlik san'ati" tanlovining ğolibiga aylangan özbekistonlik talaba haqida xabar bergan edik. Bugun esa sizlar uçun uşbu iqtidorli hamyurtimiz haqida tayyorlagan maxsus reportajimizni havola etamiz.

Tanişing: Ergaşev Faxriddin Nuriddin öğli. 1991 yil, 7 avgustda Toşkent şahrida ziyolilar oilasida tuğilgan. 2007 yil Toşkent şahar Uçtepa tumanidagi 203-örta maktabni qizil şahodatnoma bilan bitirib, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti qoşidagi Şayxontohur akademik litseyiga imtiyozli ravişda qabul qilingan. Yapon, nemis, rus, ingliz tillarini mukammal biladi.

Gemaniyada olingan mahorat darslari
2009 yil Toşkentdagi Gyote instituti tomonidan ötkazilgan imtihonda katnaşib, grant asosida Germaniyaning Berlin şahrida nemis tili yozgi öquv kursida bir oy tahsil oliş imkoniyatini qölga kiritadi.

Oliy öquv yurtida ötgan yillar
2010-2014 yillar davomida Toşkent Davlat şarqşunoslik institutining yapon filologiyasi yönalişida tahsil oldi. Şu davr mobaynida Özbekiston miqyosida 2013 yil Qozoğistonda bölib ötgan Örta Osiyo miqyosidagi yapon tili notiqlik san'ati tanlovlarida iştirok etib keldi.

Tarjimonlik borasidagi tajriba
Talabalik çoğida turli xil xalqaro anjumanlar, tadbirlarga taşrif buyurib, çet ellik mehmonlarga tarjimonlik qildi. Arxeologlar, muhandislar, jurnalistlar, teleoperatorlarga tarjimonlik qilib, Orol böyi davlatlari, Janubiy Surxondaryo, Andijon vodiysi, Samarqand, Xiva kabi maskanlarda xorijlik mehmonlar bilan birga sayohatda böldi.

Yaponiya magistratura bosqiçi uçun öz eşiklarini oçdi
Institutning 4-bosqiçida öqib yurgan kezlari Yaponiyaning Tokio çet tillari universiteti hamda Toşkent davlat şarqşunoslik universiteti örtasidagi özaro hamkorlik şartnomasiga muvofiq ötkazilgan imtihondan muvaffaqiyatli ötib, Yaponiya ta'lim, fan va madaniyat vazirligi granti sohibiga aylandi.

Hozirgi kunda şu grant asosida Tokio çet tillari universitetining Xalqaro munosabatlar yönalişi, magistratura bosqiçida tahsil olmoqda.

Yaponiyadagi qöşimça faoliyat
Faxriddin Yaponiya-Özbekiston jamiyatida yaponlarga özbek tilini örgatadi. Hozirda 40 ga yaqin turli yoşdagi yaponlar özbek tilini örganmoqda. Şuningdek, turli tadbirlarda boşlovçilik qilib, Yaponiya boşlanğiç va örta maktablariga borib, Özbekiston haqida turli taqdimotlar ötkazadi.

Yaponlarning yuksak e'tirofi
23 aprel kuni Tokio şahrida çet el elçixonasi xodimlari va çet elliklar örtasida 19-marotaba "Yapon tilida notiqlik san'ati" tanlovi bölib ötdi. Unda 20ga yaqin turli davlat elçixona vakillari va çet elliklar iştirok etdi. Faxriddin mazkur tanlovda faxrli birinçi örinni oldi va Yaponiya Taşqi işlar vazirining maxsus sovriniga sazovor böldi.

Hayotdagi şiori
Qanday vaziyat bölişidan qat'i nazar, çin köngildan mehnat kiliş. Bugungi qilinayotgan mehnat, harakatlar bir kun, albatta, öz samarasini beradi

Yaponiyadagi eng maşxur sumitomo pölat quyiş zavodiga sayoxat

Boşlanğiç maktabda prezentatsiya

Yaponlar uyida mehmonda

Fuji toği

Yaponiyaning Özbekistondagi sobik elçisi, boş vazir maslahatçisi va parlament deputati Nakayama xonim bilan                                                                                 

"Hayotimdagi eng qadrli sovğa - bu mening oilam. Ota-onam va yaqinlarim. Köpçilik meni omadlisan, deydi. Lekin mening eng katta omadim - şunday oilada tuğilganim. Ota-onam meni doim qöllab-quvvatlab, öqişimga şaroit yaratişgani uçun şu darajaga yetdim. Bu yutuğim nafaqat mening, balki oilam va barça özbek xalqiniki, deb hisoblayman", - dedi Faxriddin.

Feruza Avazova tayyorladi.