Sport | 22:57 / 26.04.2016
1329
1 daqiqa o‘qiladi

«Manchester Siti» – «Real»: Ronaldu o‘yin qaydnomasiga kiritilmadi

Bugun, Toshkent vaqti bilan soat 23:45da Yevropa Chempionlar ligasi yarim finalidagi dastlabki o‘yinda «Manchester Siti» o‘z maydonida «Real»ni qabul qiladi. Mazkur uchrashuvda maydonga tushadigan futbolchilar nomi ma'lum bo‘ldi.

Zinedin Zidan boshlang‘ich tarkibga jamoaning asosiy hujumchisi Krishtianu Ronalduni kiritmagan. Uning nomi hatto o‘yin qaydnomasida ham yo‘q.

Eslatib o‘tamiz, portugaliyalik hujumchi Ispaniya chempionatining 34-turida «Vilyarreal»ga qarshi o‘yinda jarohat olgandi va 23 aprel kuni «Rayo Valekano»ga qarshi bahsni o‘tkazib yuborgandi.

«Manchester Siti»:
Xart, Sanya, Kompani, Otamendi, Klishi, Fernandino, Fernando, Xesum Navas, Silva, De Bryuyne, Aguero.

«Real»:
Keylor Navas, Karvaxal, Pepe, Ramos, Marselo, Kasemiro, Modrich, Kroos, Beyl, Vaskes, Benzema.

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish