Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Marhum qo‘shiqchi Prinsning dang‘illama hovlisi 13 million dollarga sotiladi
21 aprel kuni olamdan o‘tgan amerikalik qo‘shiqchi Prinsning Torontodagi hashamatli uyi sotuvga qo‘yildi. Bu haqda STV News xabar tarqatdi.
Uy obro‘li kishilar yashaydigan Braydal Paf mavzesida joylashgan. Ko‘chmas mulk 13 million dollarga baholanmoqda.
4,3 ming metr kvadrat hajmli uy binosida 6ta yotoqxona, 10ta vanna xonasi, sport zal, go‘zallik saloni bor. Uyning o‘ziga xos jihati – katta oynalar va marmar pollar. 0,8 gektarli hududda tennis korti va basseyn ham o‘rin olgan. Hovlida yuz yoshli daraxtlar o‘sadi.
Prins bu hovlini 2001 yili – Manuela Testoliniga uylangan payti sotib olgan (Manuela uchun bu ona shahar hisoblanadi) va besh yil yashagan. Juftlik 2006 yili ajrashgan.
O‘shandan buyon xonadon ancha o‘zgargan, biroq Prins turmush tarzidan ba'zi esdaliklar saqlanib qolgan. Xususan, oshxonaga ochiladigan eshiklarni mashhur emblema – shu nomli albomdan (Love Symbol) muhabbat timsollari bezab turibdi. Musiqachi ijod qilgan xona ham shundayligicha saqlanib qolgan.
Prins 21 aprel kuni vafot etdi. U o‘zidan vasiyat qoldirmagan. Qonunga ko‘ra, barcha harakatlanuvchi va ko‘chmas mulklar uning yaqin qarindoshi – kichik singlisi Tika Nelsonga o‘tadi.