Moskvalik McDonald's’ni buvisining she'rini o‘z reklamasida ishlatgani uchun sudga berdi
Moskvaning Tver sudi Ivan Sergeyevga uning buvisi shoira Adelina Adalisning she'rlaridan reklama maqsadida foydalangani uchun McDonald’s restoranlar tarmog‘idan 200 ming rubl undirib berdi. Ivan Sergeyev boshida 5 mln. rubl talab etgan edi. Sud uning talabini qisman qondirdi.
Ammo shunga qaramay, Sergeyev McDonald’s kompaniyasiga buvisining she'rlaridan foydalanishga ruxsat bermagan. Shuningdek, ayblanuvchilar safida ushbu reklama roligini efirga uzatgan telekanallar ham bor.
Da'vogar vakilining ma'lum qilishicha, ayni damda Sergeyevning da'vosi faqatginda McDonald’s kompaniyasida qolgan. "Telekanallarga bo‘lgan da'volar olib tashlandi", — dedi u. uning aytishicha, rolikni internetda namoyish etish hamon davom etmoqda.
OAV bergan ma'lumotga ko‘ra, gap “So‘nggi she'r” qo‘shig‘idagi “Bu tush emas/tush emas, haqiqatlar menikidir/Bu haqiqat” jumlalar haqida bormoqda. Bu jumlalar McDonald’s’ning “Tuxum va bo‘tqa” reklama roligida ishlatilingan.