Jahon | 12:01 / 26.04.2016
1313
2 daqiqa o‘qiladi

NYT: Keysik va Kruzning Trampga qarshi birlashuvi parchalana boshladi

Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzodlar Ted Kruz va Jon Keysikning respublikachilar yetakchisi bshcho‘mish Donald Trampga qarshi kelishilgan hamkorligi o‘z kuchini yo‘qota boshladi. Bu haqda The New York Times xabar berdi.

Hamkorlik strategiyasi bo‘yicha, respublikachilar qolgan praymerizlarda muvaffaqiyat imkoniyati yuqori bo‘lgan shtatlarni o‘zaro bo‘lishib olishadi. Kruz Indianaga diqqatini qaratsa, Keysik Oregon va Nyu-Mexikoda astoydil harakat qiladi. Ushbu urinishlar Donald Trampni avtomatik ravishda Respublikachilar partiyasidan AQSh prezidentligiga nomzod bo‘lishiga zamin yaratuvchi partiya s'yezdi delegatlarining 1237ta ovozini olmasligi uchun amalga oshirilishi rejalashtirilgandi.

Biroq kelishuv e'lon qilingan kunning ertasigayoq Keysik, bitim shartlariga zid holda, garchi u bu shtatda faol targ‘ibot ishlarini yuritmayotgan bo‘lsa ham, Indiana saylovchilari aynan unga ovoz berishlari lozimligini e'lon qildi.

Kruz o‘z o‘rnida Indianadagi tarafdorlari bilan uchrashuvda nomzodlar “saylovchilarga hech qachon kimga ovoz berish haqida gapirmasliklari”ni ma'lum qildi. Kelishuvni esa “kuch va vaqtni qaysi tomonga yo‘naltirish lozimligi to‘g‘risidagi nisbiy qaror” deb atadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish