Jahon | 11:55 / 26.04.2016
1717
1 daqiqa o‘qiladi

Obama: Putin NATO va YeI misolida Rossiya hokimiyatiga tahdidni ko‘rmoqda

AQSh prezidenti Barak Obamaning fikricha, Rossiya prezidenti Vladimir Putin NATO va Yevropa Ittifoqiga mamlakat hokimiyatiga tahdid sifatida qaramoqda. Bu haqda Amerikaning CBS telekanali xabar qilgan.

«Janob Putin odatda NATO, YeI va transatlantika birligini Rossiya uchun xavf-xatar manbai sifatida baholagan», —degan Barak Obama.

Obamaning aytishicha, u kuchli Rossiya bilan hamkorlik qiluvchi birlashgan qudratli Yevropa «to‘g‘ri tanlovdir», degan fikrini Putinga tushuntirishga uringan, biroq hamkasbini ishontira olganiga shubha bildirgan.