Jahon | 21:14 / 26.04.2016
1911
2 daqiqa o‘qiladi

Pentagon Turkiya va Iroq chegarasida ham mobil raketa tizimlari joylashtirilishini ma'lum qildi

Pentagon rasmiy vakili amerikaliklarning baravariga o‘t ochish reaktiv tizimi (HIMARS) shu yilning may oyida Turkiyaning Suriya va Iroq bilan chegaralariga joylashtirilishi haqidagi ma'lumotni tasdiqladi.

RIA Novosti xabariga ko‘ra, bundan maqsada hududdagi IShID jangarilariga qarshi samarali kurash olib borish hisoblanadi.

"Bu ikkita tizim. Ularning biridan Suriyadagi, ikkinchisidan Iroqdagi jangarilarga qarshi harbiy harakatlarimizni qo‘llab-quvvatlash uchun foydalaniladi", deya aniqlik kiritgan IShIDga qarshi amaliyotlar bo‘yicha qo‘mondon o‘rinbosari, general-mayor Piter Gersten.

Uning aytishicha, HIMARS mobil raketa tizimidan Iroq hududida qo‘llanadi.

Bundan oldinroq, Turkiya Suriya bilan chegara qismida qo‘shimcha kuchlarni joylashtirayotgani, Kilis tumanida, 80 soniya ichida 40 marta o‘t ochadigan raketa qurilmalari o‘rnatilishi haqida xabar berilgandi.

Harbiy manba bergan ma'lumotlarga ko‘ra, Turkiyaning g‘arbiy hududlaridan mamlakatning janubi-sharqidagi G‘azontepa viloyatidagi 5-bronetank bo‘linmasining harbiy bazasiga Suriya chegarasidagi qo‘shin qismlarini kuchaytiruvchi harbiy texnika yuklangan 13ta treyler yo‘l olgan.

Turk OAViga ko‘ra, Kilis tumani so‘nggi bir necha hafta davomida Suriyadagi IShID nazoratida bo‘lgan hududidan bir necha bor raketa hujumiga duchor bo‘lgan. Natijada, o‘n kishi halok bo‘lgan, qirqqa yaqin inson jarohat olgan.

25 aprel kuni Turkiyadagi nashrlar Kilis tumaniga qo‘shimcha bronetexnika olib kirilgani haqida xabarlar tarqatdi. Turkiya hududidan amalga oshirilgan artilleriya hujumi oqibatida, 8 jangari, shuningdek, terrorchilarning raketa qurilmasi yo‘q qilindi.

Bugun, amerikaliklarning B-52 Stratofortress rusumli bombardimonchilari Iroq hududida IShID jangarilariga qarshi zarbalar yo‘llagan.