Sport | 23:36 / 26.04.2016
1813
2 daqiqa o‘qiladi

Raneri: Mahrez - daho

«Lester» jamoasi bosh murabbiyi Klaudio Raneri o‘z shogirdlaridan biri, jazoirlik Riyoz Mahrez bilan faxrlanishi haqida aytib o‘tdi. Bu futbolchi 25 aprel kuni Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi (PFA) tomonidan APL mavsumining eng yaxshi futbolchisi deb topilgandi.

«Men juda ham faxrlanaman, chunki Riyoz — shuncha shuhratga qaramasdan kamsuqumligini saqlab qoldi. U hamisha mendan nima qilish kerakligini so‘rashda davom etadi: „Men yanada o‘sish uchun yana nima qilishim kerak?“. Bu fantastikaga o‘xshaydi. Uni daho deyish mumkin.

Shunday iliq fikrlarni boshqa shogirdlarim haqida ham aytishim mumkin. Ular mavsumni ajoyib o‘tkazib, o‘zlarining professional futbolchilar ekanliklarini ko‘rsatib berishdi», — deya Raneridan iqtibos keltiradi Reuters.

Qayd etish kerakki, Mahrez APL tarixida mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirlangani ilk afrikalik futbolchiga aylandi.