Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Saakashvili Ukrainada davlat tanazzulga uchrashining barcha alomatlarini ko‘rayotganini aytdi
Ukrainaning Odessa viloyati rahbari Mixail Saakashvili Ukrainada davlat tanazzulga uchrashining barcha alomatlari ko‘rinayotganini aytdi. Saakashvili Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenkoga bu haqdagi murojaati videoyozuvini Facebook’dagi sahifasida joylashtirdi.
Saakashvili shunday tarzda Odessa siyosiy hayotida yuz berayotgan oxirgi voqealarga, jumladan shahar rahbariyati tarafdorlari va unga qarshi chiqayotganlar orasida shahar meriyasi oldidagi to‘qnashuvlariga izoh berdi. Saakashvili mamlakat rahbaridan Odessaga Milliy gvardiya va politsiya bo‘linmalarini kiritishni so‘radi.
26 aprelda Odessaning amaldagi rahbariyatiga qarshi norozilik namoyishi ishtirokchilari 26 aprelga o‘tar kechasi ularga hujum amalga oshirilgandan keyin meriya binosini qurshab olishgan. Faollar meriyaning barcha eshiklarini avtomobil pokrishkalari, chiqindi idishlari va temir to‘siqlar bilan to‘sib tashlashgan. Ular, shuningdek, meriya binosiga kirish mumkin bo‘lgan yerto‘laga ega xiyobonga olib boruvchi darvozalarga zanjir va qulf osib qo‘yishgan.
Namoyishchilar Odessa meri Gennadiy Truxanovning iste'foga ketishini talab qilishgan.
11 aprelda Odessa viloyati gubernatori Mixail Saakashvili Truxanovga qarshi jinoiy ish qo‘zg‘atishni talab qilgan. U, shuningdek, merni ayirmachi deb atagan va buning isboti sifatida mer go‘yoki oshfor korxonalar va Rossiya fuqaroligiga egaligini aytgan.
4 aprelda Odessa viloyati gubernatori o‘rinbosari Aleksandr Borovik Odessa meri Truxanov va Odessa shahar kengashining yarim deputatlari Rossiya fuqarolari ekanligini aytgan. "Xavfsizlik xizmati tomonidan tezkor yo‘l bilan kengashdagi 29 deputat, jumladan mer Rossiya fuqarosi ekanligi aniqlangan", deb aytgandi Borovik.