So‘rovnoma: Frantsuzlarning aksariyati muhojirlarni jinoyatchilik manbai deb hisoblashadi
Frantsuzlarning 60 foizidan ko‘prog‘i Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlaridan kelgan muhojirlarni Fransiyadagi jinoyatlarning manbai deb hisoblashadi. Bu haqida Sputnik axborot agentligi va radiosi uchun Ifop tadqiqot kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan so‘rov natijalari dalolat beradi.
Ishtirokchilardan Fransiya hududida Yaqin Sharq va Afrika mamlakatlaridan kelgan muhojirlarning jinoyatchilikning ahamiyatli yoki ahamiyatsiz manba ekanligi haqidagi savolga javob berish talab etilgan. Aksariyat kishi, ya'ni ishtirokchilarning 64 foizi "ahamiyatga ega" degan javobni bergan bo‘lsa, 28 foizi so‘raluvchi bunday fikrda emasligini bildirishgan. Qolgan 8 foiz ishtirokchi savolga javob berishda ikkilangan.
2016 yilning 3-5 fevralida Fransiyada o‘tkazilgan so‘rovnomada 1499 nafar ishtirokchi qatnashgan.
Jamoat fikrini o‘rganuvchi xalqaro loyiha Sputnik. Hamkorlar ijtimoiy fikr so‘rovnomalarini o‘tkazuvchi - Populus va Ifop mashhur tadqiqot kompaniyalari.
Sputnik.Mneniya - jamoat fikrini o‘rganishga qaratilgan xalqaro loyiha bo‘lib, u o‘z faoliyatini 2015 yilning yanvarida boshlagan. Loyiha hamkorlari taniqli Populus, Ifop va Forsa ishlanishlar kompaniyalaridir. Sputnik.Mneniya doimiy ravishda Yevropa va AQShda eng dolzarb ijtimoiy va siyosiy masalalar bo‘yicha jamoat fikrini o‘rganish bilan shug‘ullanandi.