TIVda O‘zbekiston-Hindiston siyosiy maslahatlashuvlarining 12-raundi bo‘lib o‘tdi
Hindiston Respublikasi tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Sujata Mehta boshchiligidagi delegatsiya O‘zbekistonga keldi.
Delegatsiya 26 aprel kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston-Hindiston siyosiy maslahatlashuvlarining 12-raundida ishtirok etdi. Bu haqda O‘zbekiston TIV matbuot xizmati xabar bergan.
Muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikning hozirgi holati va istiqbollari muhokama qilindi hamda ba'zi xalqaro va mintaqaviy masalalar yuzasidan fikr almashildi.
Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Hindiston muloqotidagi ijobiy o‘zgarishlar qayd etildi, xususan Hindiston bosh vaziri Narendra Modining 2015 yil iyulidagi O‘zbekistonga tashrifi va oliy darajadagi muzokaralarning samarali yakunlari aloqalarni yangi bosqichga olib chiqqani ta'kidlandi.
Uchrashuvda Hindiston elchisi Vinod Kumar ishtirok etdi.