Turkiya parlamenti diniy konstitutsiya talab qilmoqda
Turkiya parlamenti spikeri Ismoil Qahramon musulmon davlati diniy konstitutsiyaga muhtoj ekanini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Hukumat tepasidagi "Adolat va taraqqiyot" partiyasi Turkiyada harbiy to‘ntarishdan so‘ng 1980 yilda imzolangan konstitutsiyani almashtirishni talab qilmoqda.
Taxminlarga ko‘ra, undan hukumatni sekulyarizatsiya qilish (din ta'siridan chiqarish) bo‘limi olib tashlanadi.
Tanqidchilar prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an yangi konstitutsiya yordamida parlament tizimini ham o‘zgartiradi va butun hokimiyatni qo‘liga oladi, degan xavotirni bildirgan.
Turkiya hukumati yangi konstitutsiya matni inson huquqlari yevropa standarti asosida qurilishini ma'lum qildi.
Turkiya konstitutsiyaga islom dini – davlatning rasmiy davlat dini ekanini rad etuvchi punktni 1928 yilda kiritgan.