Fan-texnika | 20:10 / 26.04.2016
2311
1 daqiqa o‘qiladi
Xakerlar Facebook korporativ tarmog‘ini buzib kirdi
Xakerlar Facebook korporativ tarmog‘ini buzib kirgan va bir necha oy davomida ijtimoiy tarmoq xodimlari akkauntlaridan foydalanib kelgan. Bu haqda The Guardian xabar tarqatdi.
Korporativ tarmoqda shubhali faollikni shu yilning fevral oyida monitoring paytida sezib qolishgan.
Surishtiruv davomida taxminan yettita, jumladan fayllarni yuborish xizmatida zaifliklar aniqlandi.
Shuningdek, xavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar aniqlashicha, kamida bitta xaker Facebook obro‘siga putur yetkazgan va korporativ tarmoq doirasida harakatlar amalga oshirgan.
Facebook foydalanuvchilar to‘g‘risidagi ma'lumotlarni korporativ tarmoqdan alohida saqlaydi. Facebook xodimlari foydalanuvchilar haqidagi ma'lumotlarga kirish imkoni bor-yo‘qligi ma'lum emas.