Fan-texnika | 21:54 / 26.04.2016
2400
1 daqiqa o‘qiladi

Yangi MacBook’ni ta'mirlashning deyarli iloji bo‘lmaydi

iFixit mutaxassislari yangi MacBook gadjyetini qismlarga bo‘lib ko‘rishdi va Apple’ning yangi nout-bukini ta'mirlash deyarli mumkin emasligini aniqlashdi.

Ekspertlarning fikricha, MacBook’da uskuna ochilgan-ochilmaganini aniqlovchi yangi vintlar paydo bo‘lgan. Ular bo‘shatilganda erib ketadigan maxsus vosita bilan qoplangan. Bu Apple qo‘llab-quvvatlash markazini qurilma ochib ko‘rilganidan boxabar qilish maqsadida joriy etilgan. Bu holda kafolatli bepul xizmat ko‘rsatishdan bosh tortishga sabab bo‘ladi.

Ichki elementlar konfiguratsiyasi o‘zgarmagan. Protsessor va xotira modulining asosiy taxtaga ulangani qurilmani modernizatsiyalashga to‘sqinlik qiladi. Displey alohida oynaga ajralmagani uchun displey sinsa, uni to‘liq almashtirish lozim. Akkumulyator batareyasi to‘liq holda korpusga yelimlangan. Shu sabalarga ko‘ra, iFixit mutaxassislari yangi MacBook gadjyetining ta'mirlanish darajasini 10 balldan 1 ball deb baholashdi.