Sport | 15:37 / 26.04.2016
1854
2 daqiqa o‘qiladi

Yaya Ture: «Mening afrikalik inim Mahrez mavsumning eng yaxshi futbolchisi bo‘lganidan mamnunman»

«Manchester Siti» jamoasining ivuarlik yarimhimoyachisi Yaya Ture «Lester» jamoasining jazoirlik Riyoz Mahrezning o‘tkazilgan so‘rovnomaga ko‘ra, APLning joriy mavsumdagi eng yaxshi futbolchisi bo‘lganiga munosabatini bildirib o‘tdi.

«Mahrezni APLning eng yaxshi futbolchisi deb topilgani bilan tabriklayman!

O‘zingning afrikalik ining shunday nomga sazovor bo‘lganini ko‘rish yoqimli», – deya yozgan Ture o‘z tvitterida.

Eslatib o‘tamiz, 25 aprel kuni Angliya professional futbolchilar assotsiatsiyasi «Lester» futbolchisini mavsumning eng yaxshi futbolchisi sifatida taqdirladi. U bu nomga da'vogar asosiy 5 futbolchini, jamoadoshlari Vardi va Kante, hamda Mesut O‘zil («Arsenal»), Harri Keyn («Tottenhem») hamda Dmirti Payyeni («Vest Hem») ortda qoldirdi.

Mahrez bunday mukofotga sazovor bo‘lgan ilk afrikalik futbolchiga aylandi.

Ma'lumot uchun, 25 yoshli bu futbolchi joriy mavsumda jamoasi bilan APLning 34 o‘yinida maydonga tushib, 17ta gol urdi va 4 marta golli uzatmani amalga oshirdi.

Mahrez APL mavsumining eng yaxshi futbolchisi sifatida tan olindi