Jamiyat | 16:42 / 27.04.2016
3541
1 daqiqa o‘qiladi

“Taxtlar o‘yini” serialining oltinchi mavsumi yangi rekord o‘rnatdi

“Taxtlar o‘yini” serialining oltinchi mavsumi birinchi epizodini 10,7 million nafardan ziyod kishi tomosha qildi — bu esa eng yuqori ko‘rsatkichni qayd etdi. Bu haqda The Hollywood Reporter xabar bermoqda. Avvalgi rekord beshinchi mavsumning yakuniy qismi edi — uni 10,3 million tomoshabin ko‘rgan edi.

Nashrning ma'lum qilishicha, “Taxtlar o‘yini” seriali beshinchi mavsumining har bir qismi 20 million muxlisni o‘ziga jalb etgan. 2011 yilda bu ko‘rsatkich 2,2 millionni tashkil etgan edi.

Avvalroq torrent-trekerlar serialning oltinchi mavsumi, birinchi qismini 12 soat ichida 200 ming martadan ko‘p qaroqchilik yo‘li bilan ko‘chirib olinganini ko‘rsatishgandi.