12:09 / 27.04.2016
2087

Amerika jurnalining navbatdagi soni to‘liq holda Rossiyaga bag‘ishlandi

Foreign Affairs Amerika jurnali 2016 yil may-iyun oylari sonini ommalashtirish uchun videorolik namoyish etdi. Ushbu sonning o‘ziga xos jihati shundaki, u to‘liq Rossiyaga bag‘ishlangan.

Videorolikda “yaralangan, biroq qudratli ayiq” hamda aroq quyilayotgan ryumka tasvirlangan. Ayiq obrazi jurnalning navbatdagi soni muqovasidan ham joy olgan.

Bu rolikdan turli ma'nolar uqish mumkin: Rossiya iqtisodiyotining ahvoli, mudofaa sanoatining qayta yo‘lga qo‘yilishi, tashqi siyosat, Qrimning Rossiyaga birlashuvi va hokazo.

Top