Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jamiyat | 16:04 / 27.04.2016
1750
1 daqiqa o‘qiladi
Amerikada ikki burgutga vatanparvarona nomlar berildi
Vashington Milliy dendrariysidagi ikkita qushga Ozodlik va Mustaqillik deb nom qo‘yishdi. Bu haqda CBS News xabar berdi.
Nomlar ijtimoiy tarmoqlarda tashkillashtirilgan “Qushlar uchun laqab” kampaniyasi davomida tanlab olindi.
Ovoz berish jarayonida 36 ming kishi ishtirok etdi. Tanlovga quyidagi laqablar taklif etilgandi: Anakostiya (Vashingtonning tarixiy bo‘lagi) va Potomak (AQSh sharqidagi daryo), Sharaf va Shuhrat, Olcha va Gulcha kabi.
Qushlarning "ota-onasi" ham sharafli Prezident va Birinchi Ledi laqablariga ega.
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish