Jamiyat | 16:28 / 27.04.2016
2742
5 daqiqa o‘qiladi

Bektemir tumanida uyushgan o‘g‘rilar guruhi harakatlariga chek qo‘yildi

Toshkentning Bektemir tumanida qo‘lga olingan bir guruh uyushgan jinoyatchilar o‘tgan yilning yanvar oyidan avgust oyigacha oldindan puxta o‘ylab tuzilgan rejaga asosan ochiqdan-ochiq o‘g‘rilik jinoyati bilan shug‘ullanib kelishdi. Bu haqda “Ogoh” nashri yozmoqda.

1982 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, oilali, uch nafar farzandning otasi, muqaddam sudlangan Abdushukr Bahodirov (ism-familiyalar o‘zgartirilgan) sherik sifatida o‘z yoniga 1982 yilda tug‘ilgan, oilali, ikki nafar farzandning otasi, muqaddam sudlangan Elshod Hamidullayev, 1992 yilda Qashqadaryo viloyatida tug‘ilgan Tohir Jo‘raboyev, 1977 yilda Samarqand viloyatida tug‘ilgan Abror Hamdamovlarni ham yollaydi. Bularning orasida Abror Hamdamov o‘ziga tegishli bo‘lgan avtomashinasi bilan hamkorlik qiladi.

Aniq tuzilgan rejalarga asosan 2015 yilning 19 yanvaridan 2015 yilning avgust oyiga qadar sakkiz marotaba (surishtiruvlar jarayonida aniqlangani) jinoyatlarni sodir etishadi.

Birinchi marotaba Bektemir tumani Rohat ko‘chasida joylashgan uy egasi 1994 yilda tug‘ilgan fuqaro Rasuljon Asadullayevga tegishli bo‘lga “Neksiya” avtomashinasining ochiq holda qoldirilganidan foydalanib, avtomashina salonidan avtomashina poliklarini, avtomagnitola va 300 ming so‘m pullarni ham o‘marishgan.

30 yanvar kuni tumanning Suvsoz mavzesi xonadonlardan birining oldida qarovsiz qoldirilgan, xonadon egasi 1969 yilda tug‘ilgan Hasan Xo‘jaqulovga tegishli bo‘lgan avtomashinaning to‘rt dona g‘ildiraklarini yechib olib voqea joyidan yashirinishadi. 2015 yilning 20 may kuni Bektemir tumani Ohangaron 11 tor-ko‘chasidagi xonadonlardan birida 1969 yilda tug‘ilgan Abduvali Xushvaqtovga tegishli bo‘lgan uyning mehmonxonasidan ikkita jami narxi 2 200 000 so‘mlik katta gilamlarni olib chiqib ketishadi. Navbatdagi tashrif esa tumanning Majnuntol ko‘chasidagi xonadonlarning biriga bo‘ladi. 1982 yilda tug‘ilgan Gulnigor Asqarovaga tegishli bo‘lgan narxi 300 ming so‘mlik velosiped, narxi 70 000 so‘mlik ikkita emal choynaklar, narxi 45000 so‘mlik bir dona qozon, narxi 65 000 so‘mlik bir dona emal tog‘ora va 480 000 so‘mlik oshxona uskunalari va idish-tovoqlarni egallab, voqea joyidan yashirinishadi. Ertasiga yana ushbu xonadonga kirishib, uy egasiga tegishli bo‘lgan narxi bir million ikki yuz ming so‘mlik gaz plitasi va narxi 640 000 so‘mlik ikki dona registrlarni olib chiqib ketishadi.

2015 yilning 17 iyul kunida Bektemir tumanning Rohat 12-tor ko‘chasidagi xonadonlardan birida hech kim yo‘qligini bilgan holda uy egasi 1993 yilda tug‘ilgan Qosimjon Nurovga tegishli bo‘lgan “Chevrolet Malibu” avtomobilining uch million so‘mlik g‘ildiragini, narxi ikki million 500 000 so‘mlik to‘rtta chinni idishlar jamlanmasini, narxi bir million 200 000 so‘mlik perefaratorni, narxi 600 000 so‘mlik changyutgich va narxi 250 000 so‘mlik ventilyatorni yashirin ravishda olib chiqib ketishadi. Shu yilning 19 avgust kunida esa tumanning (Bordanko‘l) tor (Ohangaron shoh) ko‘chasidagi xonadonga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, 1957 yilda tug‘ilgan Nurmamat Abdurashidovning uyidan narxi 300 000 so‘mlik bir dona palas, 800 000 so‘mlik bitta qozon, jami narxi 400 000 so‘mlik to‘rt dona stullarni, 100 000 so‘mlik bir dona elektrodrel, 200 000 so‘mlik bir dona bolgarka, 400 000 so‘mlik bir dona velosiped, 200 000 so‘mlik bir dona samovar, 80 000 so‘mlik alyuminiydan ishlangan ikkita flyagalarni o‘g‘rilab chiqib ketishadi.

Ularning eng oxirgi yurishlari esa o‘sha yilning 28 avgust kuni ko‘ngilsiz tarzda yakun topadi. Ya'ni tumanning Majnuntol 2-tor ko‘chasida joylashgan xonadonlardan biridan narxi 400 000 so‘mlik «Chevrolet lasetti» rusumli avtomashinaning rezina shinalarini, narxi 350 ming so‘mlik bir dona kompressor, 300 000 so‘mlik “Nikia lumia 625” rusumli uyali telefon apparatini, 400 000 so‘mlik olti dona elektroavtomatlar, 250 000 so‘mlik kalitlar to‘plami, xonadon shkafida bo‘lgan 300 000 so‘m pullarni olib chiqib ketishadi.

Ammo ular uy egasi — 1990 yilda tug‘ilgan Rustam Bahromovning ziyrakligi sababli uzoqqa keta olishmadi.

Olib borilgan surishtiruv-tergov ishlari natijasida o‘z tasdig‘ini topgan ushbu jinoiy guruh a'zolarining barcha qilmishlari fosh etilib, yana bir jinoiy guruhning yashirin faoliyatiga chek qo‘yildi.