Fan-texnika | 00:00 / 27.04.2016
2241
1 daqiqa o‘qiladi

Blackberry smartfon ishlab chiqarishdan tamoman voz kechdi

Blackberry kompaniyasi smartfon ishlab chiqarishdan tamoman voz kechdi va o‘z sa'y-harakatlarini dasturiy ta'minot yaratishga qaratishga qaror qildi. Bu haqda Yahoo Tech xabar bermoqda.

Kompaniya rahbari Karl Vayz oxirgi vaqtda dasturiy ta'minot savdosi barcha kutilgan natijalardan yuqori bo‘lganini aytdi.

"O‘tgan yili anjumanda moliyaviy tahlilchilarning barcha savollari deyarli telefonlar borasida bo‘lgan. Biz dasturiy ta'minotdan 500 mln dollar olishga erishmoqchi bo‘lganimizni e'lon qilganimizda, hamma bizni telba deb hisoblagandi. Bugun biz bu maqsadimizga erishdik va tahlilchilarning barcha savollari faqatgina dasturiy ta'minot bilan bog‘liq bo‘lmoqda", deb aytdi Vayz.

BlackBerry 2007 yilda birinchi iPhone chiqquncha smartfonlar bozorining yetakchisi bo‘lgan.