Jahon | 11:23 / 27.04.2016
1838
2 daqiqa o‘qiladi

Dubayda haydovchisiz avtomobillar paydo bo‘ldi

Haydovchisiz avtobus BAAning Dubay amirligida harakat qilishni boshladi. Bu haqda BAA bosh vaziri hamda Dubay amirligi boshlig‘i Muhammad ibn Rashid Ad Maqtum o‘z tvitterida e'lon qilgan.

"Dubay jahondagi kelajak shaharlariga misol bo‘la oladi va texnologiya, taraqqiyot olamida qo‘lga kiritilayotgan yutuqlarni sinab ko‘ruvchi katta maydon hisoblanadi", — deb izoh qoldirgan u “aqlli” avtobus surati ostida qoldirgan izohida.

Haydovchisiz yurayotgan avtobusda barcha sayr qilishi mumkin. U yo‘lovchilar xavfsizligini ta'minlovchi zamonaviy uskunalar bilan ta'minlangan bo‘lib, maxsus sensor datchiklari o‘rnatilgan. Avtobus yo‘lda harakatlanib ketayotganida, maxsus lazer nuri orqali uni haydovchi boshqarmayotgani haqida ogohlantirib ketadi. Agar ushbu avtobus test sinovlaridan muvaffaqiyatli o‘tsa, Dubay hukumati amirlikda 2020 yilda o‘tadigan “Ekspo” sanoat ko‘rgazmasida uni xarid qiladi.