Jahon | 17:51 / 27.04.2016
1779
1 daqiqa o‘qiladi
Eron oliy rahbari: AQSh sanksiyalari qog‘ozdagina bekor qilingan
Eron oliy rahbari oyatulloh Ali Xamenei Qo‘shma shtatlar Eronga doir sanksiyalarni faqatgina qog‘ozlarda bekor qilganini, aslida esa ular tadbirkorlarni ushbu mamlakatga sarmoya tikishdan qaytarayotganini ma'lum qildi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
“Hujjatlarda Qo‘shma Shtatlar xorijiy banklarga Eron bilan bitimlar imzolashga ruxsat beradi, amalda esa “eronofobiya” yaratmoqda, shuning uchun hech kim Eron bilan biznes yuritmayapti”, - dedi u Tehron ishchilariga murojaat qilish chog‘ida.